Namangan viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr yakunlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Namangan viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr yakunlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

2023 yilning 1 oktyabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 409 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 25,6% ga kamaygan. 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida 3 614 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12%ga kam demakdir. 2023 yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra hududlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning eng ko‘pi Namangan shahrida 7 279 tani yoki jamiga nisbatan 25,2%ni tashkil etdi.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida Namangan viloyati yalpi hududiy mahsuloti tarkibida kichik tadbirkorlik subektlarining ulushi 72,5% (2022 yilning tegishli davriga nisbatan 0,2 punktga ortgan), sanoatda – 47,6%, qishloq xo‘jaligida – 96,4%, o‘zlashtirilgan investitsiyalarda – 65,6%, qurilishda – 90,8%, savdoda – 93,8%, xizmatlar sohasida – 65,7%, yuk tashishda – 93,9%, yo‘lovchi tashishda – 97,5%, eksportda – 43,4%, importda – 68,9%ni tashkil qildi.

Namangan viloyatida 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subektlari sonining har 1000 aholiga nisbatan 9,8 birlikni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 3,3 birlikka kamaygan. Kichik tadbirkorlik sub’yektlari sonining har 1000 aholiga nisbati tuman va shaharlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ko‘rsatkich Mingbuloq tumanida 12,4 birlik, Uchqo‘rg‘on tumanida 11,1 birlik, Chortoq tumanida 10,8 birlik, Chust tumanida 10,7 birlik, Namangan shahrida 10,6 birlik va Pop tumanida 10,1 birlikni tashkil etdi.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p yangi kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida (39%), sanoatda (19%) hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida (11%) tashkil etilgan.

Akbarali Abduraxmonov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar