Namangan viloyatining birinchi yarim yillik chakana savdo ko‘rsatkichlari

Namangan viloyatining birinchi yarim yillik chakana savdo ko‘rsatkichlari

2022 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda jami 8 139,1 mlrd.so‘mlik chakana savdo amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,3%ni tashkil etgan. Chakana savdo tarkibida oziq-ovqat tovarlari 110,9% va nooziq-ovqat tovarlar chakana savdosi 109,5%ga ortgan.

Viloyatda chakana savdo aylanmasining 62,1% viloyatning 3 ta hududi, jumladan, Namangan shahri (44,8%), Chust (10,5%) va To‘raqo‘rg‘on (6,8%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan. Chakana savdo aylanmasi Mingbuloq (2,9%) tumanida nisbatan past ulushni tashkil qilgan.

Hisobot davrida tuman(shahar)lar kesimida chakana savdoning o‘sish sur’atlari tahlil qilinganda, Chust (123,0%) va To‘raqo‘rg‘on (117,9%) tumanlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Pop (4,6%) tumanida esa viloyatda chakana savdo bo‘yicha eng past o‘sish sur’ati qayd etilgan.

Namangan viloyatida aholi jon boshiga nisbatan chakana savdo aylanmasi 2 763,5 ming so‘mni tashkil qilgan. Jon boshiga chakana savdo hajmi Namangan shahri (5 479,1 ming so‘m) va Chust (3 104,0 ming so‘m) tumanida viloyatdagi jon boshiga o‘rtacha chakana savdo hajmidan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Eng past ko‘rsatkichlar esa Chortoq (1 582,3) va Kosonsoy (1 519,6) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

Ovqatlanish tashkilotlarini qo‘shgan holda, barcha savdo tarmoqlarida chakana savdo hajmining 85% shahar, 15% qishloq joylariga to‘g‘ri kelgan.

Nurdinova Shoiraxon, Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Sayfiddinov Samandar, NamDU 2-kurs talabasi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar