2022 yil uchun prognoz qilingan viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 3 268,9 mlrd. so‘m va xarajatlari 4 607,9 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdori 1 704,7 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
2022 yil uchun prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Namangan shahri (1 239 mlrd. so‘m), To‘raqo‘rg‘on (336 mlrd. so‘m), Pop (283 mlrd. so‘m), Uychi (209 mlrd. so‘m), Chust (195 mlrd. so‘m) tumanlari daromadi eng yuqori bo‘lgan hududlar hisoblanadi.
Viloyat byudjetining daromad qismi yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (qisman), davlat bojlari, jarimalar, yig‘imlar, mobil aloqa xizmati, alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz solig‘idan tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan daromadlar hisobidan shakllanadi.
Joriy yil uchun mahalliy byudjet shahar va tumanlar kesimida tahlil qilinganda, Namangan shahri (517 mlrd. so‘m), Chust (259 mlrd. so‘m), To‘raqo‘rg‘on (236 mlrd. so‘m) va Pop (233,9 mlrd. so‘m) tumanlari eng yuqori xarajatlarga ega hududlar hisoblanadi.
2022 yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar mahalliy byudjetning asosiy (65,3%) qismini tashkil etadi. Mazkur xarajatlar sog‘liqni saqlash (32,5%), ijtimoiy himoya (17,3%), maorif (12,7%) hamda madaniyat va sport (2,6%) sohalariga ajratilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, mahalliy byudjetning xarajatlari quyidagi sohalarga ajratilgan:
- iqtisodiyotga xarajatlar (15,9%)
- markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar (7,8%)
- davlat boshqaruv organlarini saqlash (5,0%)
- fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi (2,9%)
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash (1,7%).
Namangan viloyati mahalliy byudjetining jami 1 499 mlrd. so‘mlik qismi sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar uchun ajratilgan bo‘lsa, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va kompensatsiyalar uchun 797 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Maorif sohasida asosiy xarajatlar umumiy ta’limga ajratilgan, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasiga 583 mlrd. so‘m va kadrlar tayyorlash uchun 2,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Iqtisodiyotga xarajatlar tarkibida cuv xo‘jaligi vazirligi (64%), obodonlashtirish (22,8%) tashkilotlari eng ko‘p ulushga ega ekanligi qayd etilgan. Mahalliy byudjetlarda hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida taxminan 21 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Mahalliy byudjetdan open (open) byudjet uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 132 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
2022 yilda yuqori byudjetdan ajratiladigan transfertlarning 82,8 mlrd. so‘mi (jami transfertlarning 4,9%i) viloyat byudjetiga, qolgan qismi tuman (shahar)lar mahalliy byudjetiga ajratilgan.
Viloyatning Namangan shahri (jami ajratilgan tranfertlarning 9,3%), Chust (9,2%), To‘raqo‘rg‘on (9,2%), Kosonsoy (8,4%) va Yangiqo‘rg‘on (8,3%) tumanlari eng ko‘p byudjet transferi ajratilgan hududlar hisoblanadi. Norin (7,5%), Pop (7,4%), Namangan (6,6%) va Mingbuloq (5,6%) tumanlariga esa byudjet transferining nisbatan kam qismi ajratilishi belgilangan.
Izoh qoldirish