Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 13 700,2 mlrd. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 13 212,0 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 302,0 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 186,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,7%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Navoiy viloyatining ulushi 4,7%ni tashqil qildi.

Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari G‘ozg‘on shahar (134,3%), Tomdi tumani (107,3%), Uchquduq tumani (105,5%), Qiziltepa tumani (105,5%), Karmana (105,4%) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Navbahor (102,3%), Xatirchi (102,0%) tumanlarida hamda Zarafshon (101,4%), va Navoiy (100,4%) shaharlarida, aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.

Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Xatirchi (4 002,3 mlrd. so‘m), Qiziltepa (2 728,5 mlrd. so‘m) va Navbahor (2 201,3 mlrd.so‘m) tumanlarida qay etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga Zarafshon (57,3 mlrd. so‘m), Navoiy (61,6 mlrd. so‘m) va G‘ozg‘on (78,5 mlrd.so‘m) shaharlari keltirib o‘tish mumkin.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 12 888,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 13 106,7 mlrd. so‘mni (yoki o‘tgan 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,7%ga o‘sishni) shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 4 330,6 mlrd. so‘m va chorvachilik mahsulotlari - 8 776,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 67,0% chorvachilik, 33,0% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 229,9 ming tonna donli ekinlar, 216,8 ming tonna sabzavotlar, 76,1 ming tonna kartoshka, 63,1 ming tonna poliz, 86,5 ming tonna meva va rezavorlar, 69,0 ming tonna uzum, shuningdek, chorvachilikda tirik vaznda 141,5 ming tonna go‘sht, 384,1 ming tonna sut, 317,8 mln. dona tuxum va 8 625,0 tonna baliqchilik ovlandi.

G‘olibjon Tursunqulov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Samarqand hududiy filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar