Navoiy viloyatida 2022 yil yakunlari hamda 2023 yilga aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi

Navoiy viloyatida 2022 yil yakunlari hamda 2023 yilga aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi

Jumladan, 2022 yil yanvar-dekabr oylarining mehnat resurslari balansiga ko‘ra Navoiy viloyatida o‘rtacha doimiy aholi 1 044 668 nafarni tashkil etib, shundan mehnat resurslari 570 239 nafar, iqtisodiy faol aholi 450 315 nafar, band bo‘lgan aholi 414 067 nafar (shundan, rasmiy sektorda bandlar 289 825 nafar, norasmiy sektorda bandlar 97 291 nafar va chetga ketganlar 26 951 nafar)ni tashkil etdi. Bundan kelib chiqib, ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan ishsizlar 36 248 nafarni va ishsizlik darajasi 8,0%ni tashkil etdi.

Ishsizlik darajasi hududlar kesimida qaralganda, Xatirchi tumanida bu ko‘rsatkich 9,3%, Nurota t. – 9,3%, Tomdi t. – 9,1%, Navbahor t. – 8,9%, Qiziltepa t. – 8,8%, Konimex t. – 8,7%, Karmana t. – 8,5% va Uchquduq t. – 8,2%ni tashkil etib, viloyat ko‘rsatkichidan yuqori hisoblanadi.

Viloyatda ko‘rilgan chora-tadbir natijasida 2022 yilda 189 882 nafar aholi doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishga jalb qilindi.

Mazkur ko‘rsatkich tarmoq va sohalar kesimida o‘rganilganda, moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida 52 821 nafar (shundan, xizmatlar ko‘rsatish, servis va savdo sohasida 32 849 nafar, hunarmandchilikda – 5 642 nafar, boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlarida 16 443 nafar), qurilish, transport va kommunal sohasida 4 516 nafar, investitsiyalar va tashqi savdo hamda mahalliy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida 10 187 nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 110 154 nafar (shundan, pillachilik sohasida 36 065 nafar, aholi tomorqasini tartibga solish hisobiga – 74 089 nafar) hamda turizmni rivojlantirish va madaniyat sohasida 12 204 nafar ishsiz aholining bandligi ta’minlandi. Faqatgina, Tomdi tumanida aholini bandligini ta’minlash rejasi 93,6%ga (investitsiyalar hamda mahalliy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida reja 68%) ijro etildi.

Viloyatda, ayniqsa, ishsizlik darajasi og‘ir bo‘lgan hududlarda aholini bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarni davom ettirish maqsadida 2023 yil davomida tuman va shaharlarda yashovchi jami 240 000 nafar aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarga jalb qilish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish o‘rinlarining 78 725 tasi doimiy, 105 792 tasi mavsumiy, 55 483 tasi norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish hisobiga yaratiladi.

Prognoz ko‘rsatkichlar tarmoqlar kesimida qo‘yidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Xususan, investitsiya dasturlari doirasida yangi loyihani ishga tushirish hisobiga jami 13 005 ta ish o‘rinlari, shundan, tarmoq dasturlari hisobiga – 3 186 ta va hududiy investitsiya dasturlari hisobiga 9 819 ta ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida jami 114 460 nafar, shundan, fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarda 4 639 nafar, dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish hisobiga 19 200 nafar, takroriy ekin uchun yer ajratish hisobiga 5 923 nafar, tomorqa xizmatida 7 800 nafar, pillachilik sohasida 72 160 nafar va suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida 1 260 nafar ishsiz aholi bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, xizmatlar va tadbirkorlik yo‘nalishida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda 112 535 nafar (shundan 48 552 nafar doimiy, 8 200 nafar mavsumiy va 55 483 nafar norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish hisobiga) fuqarolarning bandligi ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Sohalar kesimida tahlil qilinganda, savdo va servis yo‘nalishida 28 364 nafar, mikroloyihalar va mikro markazlar hisobiga 7 077 nafar, kasanachilik, vaqtinchalik ishlarda band qilish va qurilish brigadalari tashkil qilish hisobiga 6 600 nafar, hunarmandchilik yo‘nalishida 2 395 nafar, qurilishi, kommunal soha va obodonlashtirish yo‘nalishidagi xizmatlarda 3 314 nafar, turizm va madaniyat sohalari yo‘nalishidagi xizmatlarda 9 302 nafar, norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish orqali 30 376 nafar va bo‘sh ish o‘ringa ishga joylash hisobiga 19 539 nafar ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash nazarda tutilgan.

Joriy yilda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan Xatirchi tumanida 50 000 nafar (shundan tadbirkorlik yo‘nalishida 1 447 nafar), Qiziltepa tumanida – 39 644 nafar (1 455 nafar), Navbahor tumanida – 33 892 nafar (1 113 nafar), Karmana tumanida – 32 901 nafar (1 865 nafar), Navoiy shahrida – 27 334 nafar (1 700 nafar), Nurota tumanida – 20 326 nafar (627 nafar) va Konimex tumanida –14 655 nafar (1 064 nafar) aholini doimiy va mavsumiy ishlarga bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Murtazayev Ardasher
Tursunqulov G‘olibjon
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar