Ushbu davrda Navoiy viloyati YaHM hajmi 15,6 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,7% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 7,9% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 14 774,3 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan mos davrga nisbatan 0,3% ga kamaygan.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 98,3% ni tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 1,7% ni tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi 74,4% (2022 yilda 75,9%), qurilish ulushi 3,3% (2022 yilda 3,2%), qishloq xo‘jaligi ulushi 7,7% (2022 yilda 7,5%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 14,6% (2022 yilda 13,4%) ni tashkil qilgan.
2023 yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik 3 336,9 mlrd. so‘m (2022 yilning yanvar-mart oylarida – 2 862,9 mlrd. so‘m)ni va YaHMdagi ulushi 21,7% (2022 yilning yanvar-mart oylarida – 20,0%)ni tashkil etgan. Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi yirik korxonalar ulushining pasayishi bilan bog‘liq.
Izoh qoldirish