2023 yilning 1-oktyabr holatiga Navoiy viloyatida doimiy yashovchi aholi soni joriy yil boshiga nisbatan 15,1 ming kishiga yoki 1,4% ko‘payib, jami 1 070,5 ming kishini tashkil etdi. Xususan, shahar aholisi 525,3 ming kishiga (jami aholining 49%), qishloq aholisi esa 545,2 ming (jami alohiling 51%) kishiga yetdi. Navoiy viloyati aholi soni bo‘yicha respublika hududlari ichida 13-o‘rinni egallagan.
Joriy yilning 1-oktyabr holatiga aholi sonining taqsimlanishi 542,5 ming erkaklar (50,7%), 528,0 ming (49,3%) nafar ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shundan, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar soni 31,1%, mehnatga layoqatli yoshdagilar 57,2% hamda mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,7%ni tashkil etadi.
Hududlar kesimida qaralganda, Xatirchi (212,6 ming), Qiziltepa (161,2 ming)tumanlari va Navoiy shahri (159,8 ming) viloyatdagi eng ko‘p aholi istiqomat qiluvchi hududlar, G‘ozg‘on (9,2 ming), Tomdi (15,5 ming) hamda Konimex (37,4 ming) tumanlari esa viloyatdagi kam axoli istiqomat qiluvchi hududlar xisoblanadi.
Viloyatda 2023-yil 1-oktyabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 9,6 kishi to‘g‘ri kelib, Zarafshon shahri (4 390,7 kishi) va Navoiy shahri (2 663,1 kishi) aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga kiradi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylari davomida viloyatda tug‘ilishlar soni 20,5 mingtani, o‘limlar soni 3,3 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 5,9 mingtani va nikohdan ajralishlar soni 1,1 mingtani tashkil etgan.
Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 8,2 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan bo‘lsa 10,2 ming kishi doimiy yashash maqsadida viloyatdan ko‘chib ketgan.
Ardasher Murtazayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish