Obodlik sari qo‘yilgan qadamlar

Obodlik sari qo‘yilgan qadamlar

Ana shunday manzillardan biri Andijon viloyatidir. Dasturga viloyatning 5 ta mahallasi – Izboskan tumanidagi “Guliston”, Baliqchidagi “Halfa chek”, Jalaquduqdagi “Qutlug‘”, Bo‘stondagi “Mehnatobod” va Qo‘rg‘ontepadagi “Qizil to‘qay” mahallalari kiritilgan.

Bugungi kunda tanlab olingan mahallalarda 14 183 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu manzillarda “xonadonbay” xatlovlar o‘tkazilib, hududlar kesimida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va ishlar boshlab yuborildi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tanlab olingan hududlarda jami 23 ta ko‘cha obodonlashtirildi.

Xususan, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 376 dona eski simyog‘ochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 9 ta TP punktlari kapital tamirlandi va 6 ta yangi TP o‘rnatildi, 11 km uzunlikdagi SIP kabellar tortildi.

Mahallalardagi ichki yo‘llarning jami 7,9 km qismiga asfalt yotqizildi va 7,6 km uzunlikdagi qismi shag‘allashtirildi, 2 km masofada piyodalar yo‘laklari barpo etildi. Hududlardan o‘tuvchi jami 47,8 km uzunlikdagi ariqlar, zovurlar va kollektorlar tozalandi.

Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 2 ta GTP kapital ta’mirlandi va 4 km gaz quvurlari joriy ta’mirlandi. Shuningdek, 124 ta axoli xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

Hududidagi ijtimoiy soha ob’yektlariga jami 47,2 tonna va aholi xonadonlariga 178 tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 30 km uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, shu jumladan 2 dona suv inshooti o‘rnatildi.

Mahallalardagi mavjud 6 ta qabriston to‘liq tozalandi, mavjud daraxtlarga shakl berilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Mahalla binosi va ijtimoiy ob’yektlardagi kamchiliklarni bartaraf etish yo‘nalishida mahalla beshligi uchun yangi xizmat binosini qurish ishlari boshlandi. Hududlardagi 1 ta umumta’lim maktabida kapital ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Aholi sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida 12 mingga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi shuningek, 275 ta fuqaroga bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi. Jami 78 nafar fuqaro viloyat va tuman sog‘liqni saqlash muassasalarida sog‘lig‘i tiklandi.

Ishlar davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar