Ana shunday manzillardan biri Xorazm viloyatidir. Dastur bo‘yicha viloyatning to‘rt hududida - Bog‘ot tumani “Sahovat” MFYda, Yangibozor tumani “Katli” MFYda, Xonqa tumani “Durgadik” MFYda hamda Xiva tumani “Istiqlol” MFYda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlar olib borilmoqda.
Aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib o‘rganishlar olib bormoqda.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, tanlangan hududlar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida yangi maxalla binolari, atrofida mini sport maydonchalar, tikuvchilik sexlari, bank xizmatlari markazlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallardagi maktab va bog‘chalar joriy va kapital ta’mirlandi.
Bundan tashqari 22 kilometrga yaqin ichki tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi, 6 kilometrdan ziyod tabiiy gaz quvurlari kapital ta’mirdan chiqarildi, 5 kilometrga yaqin yangi suv quvurlari o‘tkazildi. Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 9 ta yangi transformator o‘rnatildi, 12 kilometr SIP kabellar tortildi hamda 200 dan ziyod yangi beton tayanch ustunlar o‘rnatildi, 300 ga yaqini joriy ta’mirdan o‘tkazildi.
Hududlarni tartibga keltirish maqsadida, 36 km ariqlarva zovur tarmoqlari tozalanib, ishchi faoliyatga keltirildi, mahalla qabristonlari obodonlashtirildi.
Kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muxtoj 584 ta oilalar xonadonlarida kapital va joriy ta’mirlash ishlari ketmoqda, tomorqalari tartibga keltirilmoqda.
Aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida 6,3 mingga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, 84 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanishga order ajratildi, 49 nafar fuqaroga tuman tibbiyot markaziga yo‘llanma berildi, 723 fuqaroga esa bepul dori-darmonlar yetkazildi.
Oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini ta’minlash maqsadida tikuvchilik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 39 nafar fuqaroga 366 mln so‘mlik subsidiya, 118 nafar fuqaroga 2,3 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berildi. Shu bilan birga 112 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi hamda 73 nafari haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlariga jalb qilindi. Ijtimoiy og‘ir axvoldagi 89 ta oilaga 36,1ga yer madoni ekin ekish uchun tarqatildi.
Bundan tashqari, Respublika ishchi guruhi vakillari aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarining qish mavsumiga tayyorgarligini ham o‘rgandi. FVB tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, mingga yaqin xonadon mo‘rilari tozalandi, o‘ndan ziyod ijtimoiy ob’yektlar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rganib chiqilib, ko‘mir saqlash omborlari tartibga keltirildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Izoh qoldirish