Oltin quymalarning 13 yanvar kuni uchun belgilangan narxi ma’lum qilindi

Oltin quymalarning 13 yanvar kuni uchun belgilangan narxi ma’lum qilindi

Ma’lumot uchun, aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida joriy yilning 2 noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.

Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.

Markaziy bank 13 yanvar uchun oltin quymalar narxini e’lon qildi:

  • 5 grammlik oltin narxi - 3 291 000 so‘m;
  • 10 grammlik oltin narxi - 6 520 000 so‘m;
  • 20 grammlik oltin narxi - 12 915 000 so‘m;
  • 50 grammlik oltin narxi - 32 287 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni sotish narxlari kunlik yangilanadi.

Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada e’lon qilib boriladi.

Ma’lumot uchun: Marja va chegirma miqdorlari o‘lchovli quymalarning muomalaga chiqarilishi va muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq operatsion xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga to‘lovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.

Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng to‘lov to‘lab beriladi.

Qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Oltin quymalarning namunalari, narxlari va sotib olish shoxobchalari kabi ma’lumotlar bilan Markaziy bankning veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni oltin quymalar narxi quyidagicha edi:

  • 5 grammlik oltin narxi - 3 336 000 so‘m;
  • 10 grammlik oltin narxi - 6 608 000 so‘m;
  • 20 grammlik oltin narxi - 13 089 000 so‘m;
  • 50 grammlik oltin narxi - 32 723 000 so‘m.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar