22 – 28 noyabr kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 368,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,9% ga ko‘p, deb xabar qilmoqda "O‘zRXTB" axborot xizmati.
Bunda sotuvlarning:
- 90,1% - birja savdolari;
- 0,3% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari;
- 9,3% - elektron davlat xaridlari
- 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 782,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 33,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 697 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:
- 6,9% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;
- 12,5% ikkinchi;
- 11,2% uchinchi;
- 14,3% to‘rtinchi;
- 18,4% beshinchi;
- 36,8% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 134,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Shakar
Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 17 110,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 15 989,0 tonnasi, ya’ni 93,4% qismi sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 8 113,8 ming so‘mdan 8 025,5 ming so‘mgacha, ya’ni 1,1%ga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 8 142,1 ming so‘mni tashkil etdi.
Paxta tolasi
O‘tgan haftada birja savdolarida 7 123,0 tonna paxta tolasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 424,6 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 38 058,0 ming so‘mdan 34 117,9 ming so‘mgacha, ya’ni 10,3% ga pasayganini ta’kidlash lozim.
Paxta chigiti shroti
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 15 954,0 tonna shrot qo‘yildi va ulardan 9 843,0 tonnasi, ya’ni 45,3% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 969,0 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrot bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 402,9 ming so‘mdan 3 401,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 55 xaridor ishtirok etdi.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shrotning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 3 476,3 ming so‘mni tashkil etdi.
Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Izoh qoldirish