Onlayn auksion orqali 9,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Onlayn auksion orqali 9,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 1 – 7 noyabr kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 733,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 8,1% ga pastdir.

Bunda sotuvlarning:

  • 83,2% - birja savdolari;
  • 1,7% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari;
  • 14,5% - elektron davlat xaridlari;
  • 0,5% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 650,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 59,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 663 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 9,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:

7,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;

12,9% ikkinchi;

12,9% uchinchi;

14,0% to‘rtinchi;

18,1% beshinchi;

35,1% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 442,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolariga 5 982,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 2 215,0 tonnasi, ya’ni 37,0% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 75 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 952,7 ming so‘mdan 15 802,0 ming so‘mgacha, ya’ni 0,9% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli paxta yog‘ining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 18 053,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Sement

Hafta davomida birja savdolariga 292 650,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 126 163,0 tonnasi, ya’ni 43,1% qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 25,2 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 510,0 ming so‘mdan 485,8 ming so‘mgacha, ya’ni 4,8%ga pasaygan.

Ko‘mir

O‘tgan haftada birja savdolariga 10 573,0 tonna ko‘mir qo‘yildi va ulardan 5 847,0 tonnasi, ya’ni 55,3% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 13 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mirning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 334,9 ming so‘mdan 301,9 ming so‘mgacha, ya’ni 9,8% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mirning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 346,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar