“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan yangi GESlarni qurilishini moliyalashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbank” AJ (Rossiya eksport-import sohasida ixtisoslashtirilgan banki) hamkorligida kelishuv imzolandi.
Gidroenergetika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Pskem daryosida 140 MVt quvvatga ega “Mullalak” GESini, Namangan viloyatidagi katta Andijon kanalida quvvati 51 MVt bo‘lgan kichik GESlar kaskadi, ya’ni Kugay-1, Kugay-2, Beshqo‘rg‘on-1 va Beshqo‘rg‘on-2 kichik GESlarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ hamda “Roseksimbank” AJ tomonidan umumiy qiymati 340 mln. dollar bo‘lgan yangi loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar orqali moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Ikki tomonlama bo‘lib o‘tgan uchrushuvda Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbank” AJ Boshqaruvi raisi Azer Talibov hamda Jamiyat Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar borasida o‘zaro fikr almashdilar.
Izoh qoldirish