O‘zbekiston 2020 yilda qancha yengil avtomobillar shinasini import qilgani haqida ma’lumot berildi

O‘zbekiston 2020 yilda qancha yengil avtomobillar shinasini import qilgani haqida ma’lumot berildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2020 yilning 11 oyida xorijdan qiymati 58,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yengil avtomobillar shinasini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 12,7 mln. AQSh dollariga kam.

O‘zbekistonga yengil avtomobillar shinasi asosan Xitoy davlatidan (39,3 mln. AQSh dollari) olib kirilgan.

O‘tgan 11 oy mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillar shinasini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  1. Xitoy – 39,3 mln.;
  2. Chexiya – 9,4 mln.;
  3. Koreya Respublikasi – 6,4 mln.;
  4. Rossiya Federatsiyasi – 1,7 mln.;
  5. Turkiya – 916,8 ming AQSh dollari.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston xorijdan joriy yilning noyabr oyida 3,6 mln. AQSh dollari qiymatida yengil avtomobillar shinasini import qilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar