O‘zbekiston 29,8 million AQSh dollarlik teri va teri mahsulotlarini eksport qildi
Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Pokiston, Bolgariya va Tojikistonga teri va teri mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 29 mln. 796 ming AQSh dollari qiymatidagi 12 880 tonnadan ortiq teri va teri mahsulotlari eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, teri va teri mahsulotlarining salkam 77 foizi Xitoyga, 7 foizi Italiyaga va 3 foizi Polshaga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda teri va teri mahsulotlarining eksporti qiymati Qozog‘istonga 25 barobarga ortgan.
Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Pokiston, Bolgariya va Tojikistonga teri va teri mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yildi.
Izoh qoldirish