O‘zbekiston Rossiyaga koronavirusga qarshi vaksinani birgalikda ishlab chiqarish taklifi bilan chiqdi

O‘zbekiston Rossiyaga koronavirusga qarshi vaksinani birgalikda ishlab chiqarish taklifi bilan chiqdi

Rossiyaga Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Tashkent Pharma Park ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida COVID-19 ga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish taklif etildi. Ushbu taklifni Rossiya tomoniga 4 dekabr kuni davra suhbatida Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev kiritdi.

43,75 gektar maydonda Tashkent Pharma Park qurilishi yanvar oyi oxirida boshlandi. Klaster tarkibiga farmatsevtika texnika universiteti, shuningdek, o‘zining infratuzilmasi bo‘lgan sanoat zonasi kiradi. 2020-2024 yillarda 191 mln dollarlik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Loyihaning qiymati 53 mln dollarni, ishlab chiqarish quvvati 120 mln donani tashkil qiladi.

Hozirgi vaqtda immunobiologik vaksinalar importining ulushi 92 foizni tashkil etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar