3 mart kuni O‘zbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshrig‘iga asosan 2020 yilning 3 mart kuni soat 15:30 da Maxsus bort navbatdagi insonparvarlik yordami bilan koronavirusga qarshi kurashish uchun amaliy ko‘mak berish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga uchib ketdi.
Mudofaa vazirligining CASA C-295 rusumli harbiy samolyoti Toshkentdan Urumchiga jo‘nab ketdi.
Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasiga ham, birinchi partiyada bo‘lgani kabi – bir martalik steril qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, havoni filtrlash maskalari va boshqa buyumlardan iborat, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kun O‘zbekiston Xitoyga "Il-76" harbiy samolyotida birinchi partiya insonparvarlik yordamini jo‘natgan edi.
Izoh qoldirish