O‘zbekistonda 2021 yil 272,1 mln. dollarlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 2021 yil 272,1 mln. dollarlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarilgan

Mamlakatimizda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, importni optimallashtirish, xorijiy hamkorlar bilan yangi investitsiya loyihalari ustida ishlash kabi masalalarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi joriy yilning yanvar-mart oylari yakunlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini ortiq darajada bajarishga erishdi, deb xabar bermoqda uyushma matbuot xizmati.

Bugungi kunda uyushma tarkibiga 86 ta korxona a’zo bo‘lib, jumladan, kabel-sim mahsulotlari – 15 ta, maishiy texnika – 35 ta, elektrotexnika mahsulotlari – 36 tani tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda korxonadagi ishchilar soni – 22 mingdan ortiq. Uyushma korxonalari tomonidan 2021 yil yanvar-mart oylari yakunlari bo‘yicha, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2 856,9 mlrd. so‘mga (272,1 mln. dollar) yetkazildi va reja 109,9 foizga bajarildi.

Investitsiya dasturi doirasida 19,4 mln dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, reja 104,8 foizga bajarildi (reja 18,5 mln.doll.), shundan 10,9 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kredit mablag‘larini tashkil etdi (reja 8,0 mln.doll.).

Joriy yilning yanvar-mart oylari holatlari bo‘yicha korxonalar tomonidan jami 104,3 mln. dollarlik mahsulotlar tashqi bozorlarga eksport qilindi (94,3 mln.doll).


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar