O‘zbekistonda avtomobillar uchun pulli yo‘llar narxi ma’lum qilindi (+video)

O‘zbekistonda avtomobillar uchun pulli yo‘llar narxi ma’lum qilindi (+video)

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili O‘zbekistonda avtomobillar uchun pulli yo‘llar narxi qancha bo‘lishi ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zLiDeP matbuot xizmati.

Pulli trassada avtomobillar maksimum 150 km tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yengil mashinalar uchun:

Toshkent—Andijon — 5 AQSh dollari atrofida;

Toshkent—Angren — 1,7 AQSh dollari atrofida;

Toshkent—Qo‘qon — 1-2 AQSh dollari atrofida.

Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq bo‘ladi:

Toshkent—Andijon — 20 AQSh dollari atrofida;

Toshkent—Samarqand — 5-6 AQSh dollari atrofida.

Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, Toshkent—Samarqand yo‘lida 150 kilometr tezlik bilan harakatlanuvchi mashina 2 soatda manziliga yetadi.

Toshkent—Andijon yo‘lida esa Qamchiq dovonida 60—70 kilometr tezlik minimum etib belgilanadi. Shuningdek, yo‘lning qolgan qismida avtomobil 150 kilometr/soat tezlik bilan harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, «Qamchiq» dovonida «Toshkent-Andijon» pullik avtomobil yo‘li qurilishi haqida xabar qilgan edik.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar