O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 238 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 238 nafarga yetdi

Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan yana 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Ulardan 10 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlarning 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan, Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar