Sport va turizm vazirligi xabariga ko‘ra, www.1hls.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan 18 yoshdan yuqori bo‘lgan yurtdoshlarimiz soni 1 million 200 mingdan oshib ketdi.
Aniq raqamlarga tayanadigan bo‘lsak, platforma foydalanuvchilari soni 1 million 209 ming 77 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 757 ming 680 nafari erkaklar, 451 397 nafari esa ayollardir.
2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq tashkil etilgan «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi aholi orasida tobora ommalashib bormoqda.
E’tiborlisi, platforma foydalanuvchilariga shu kunga qadar 43 milliard 45 million 953 ming so‘m miqdorida mablag‘lar to‘lab berilgan.
Platformada ro‘yxatdan o‘tib, bir sutka davomida 10 ming qadam va undan ko‘proq yurib, qo‘shimcha mablag‘ olish mumkin.
Izoh qoldirish