O‘zbekistonda rasman qo‘sh familiyalikka ruxsat berildi

O‘zbekistonda rasman qo‘sh familiyalikka ruxsat berildi

Davlat xizmatlari agentligining xabar qilishicha, endilikda nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat etiladi.

«Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova bo‘lsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova bo‘lishi mumkin», deyiladi xabarda.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan FHDYo sohasiga oid bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan qaror tasdiqlandi. Jumladan, bola tug‘ilganda beriladigan suyunchi puli, dafn marosimi uchun bir marotabalik nafaqa pullarini olish uchun ma’lumotlar endi qo‘lma-qo‘l fuqarolarga berilmasdan, Pensiya jamg‘armasiga maxsus elektron tizim orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuboriladi.

«FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimiga kiritilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ri va aktualligi doimiy ravishda tekshirib boriladi. Buning uchun FHDYo organlari xodimlari arxivdagi mavjud hujjatlarni elektron tizimga kiritilgan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali nazorat qiladi.

Shuningdek, xabarda keltirilishicha, FHDYo xodimlari oylik ish haqlari o‘rta hisobda 3 baravarga oshishi, FHDYo organi mudirasi ish haqi 5,0 mln. so‘mga (1,5 mln. so‘m bo‘lgan), 1 va 2-toifali inspektorlar ish haqi 3,2−3,5 mln. so‘mga yetishi (1,2−1,3 mln. so‘m bo‘lgan) ko‘zda tutilmoqda.

«Adolatni ta’minlash uchun FHDYo bo‘limlari va nikoh uylari mudirlari, inspektorlari hokimliklar tizimidagi ishlagan davri ko‘p yil ishlaganligi uchun ustamalar to‘lash hamda martaba darajalari olishga zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi. Shu bilan birga, ularga qo‘yiladigan talablar ham shunga yarasha bo‘ladi», deyiladi Davlat xizmatlari agentligi xabarida.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar