O‘zbekistonda yirik avtoturargohlarni tashkil etish rejalashtirilyapti – Ahrorxo‘ja Toshxo‘jayev

O‘zbekistonda yirik avtoturargohlarni tashkil etish rejalashtirilyapti – Ahrorxo‘ja Toshxo‘jayev

O‘zbekistonda transport harakati sohasida yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan AOKAdagi matbuot anjumanida Toshkent shahar transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorxo‘ja Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

- Rivojlangan davlatlarda odamlar metro bekatiga shaxsiy avtoulovida kelib, uni metro yonidagi avtoturargohga qo‘yadi va yo‘lini jamoat transportida davom ettiradi.

O‘zbekistonda ham ana shunday tizim va yirik avtoturargohlarni tashkil etish rejalashtirilyapti. Hozir turk muhandislari bilan o‘rganish-tahlil ishlari olib borilmoqda. Bu shahardagi tirbandlikni kamaytirish va jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish uchun muhim.

Toshkent shahrida 500 mingdan ortiq shaxsiy transport ro‘yxatga olingan. Jamoat transporti orqali esa o‘rtacha 480 ming yo‘lovchi tashilmoqda. Ya’ni shahar aholisining 10 tadan atigi 2 tasi jamoat transportidan foydalanmoqda. Biz bu ko‘rsatkichni yuqori darajaga olib chiqishimiz kerak, dedi Ahrorxo‘ja Toshxo‘jayev.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar