O‘zbekistondan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi

O‘zbekistondan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi

O‘zbekistondan 2020 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, qiymati 886,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Tarvuz mahsulotining eksporti bo‘yicha Rossiya 1 179 tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Lekin bu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam.

Bundan tashqari tarvuzlar Belarus, Estoniya, Mo‘g‘uliston, Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Qirg‘iziston hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.

Jumladan, Belarusga 148,1 tonna, Qirg‘izistonga 216,5 tonna, Ukraina 184,5 tonna va Qozog‘istonga 319,2 tonna tarvuz eksport qilingan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar