Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 20 noyabr kuni eTIR (electronic TIR) protsedurasidan foydalangan holda birinchi yuk tashish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU) xabar berdi.
Maishiy elektrotexnika vositalari ortilgan yuk mashinalari Toshkentdan chiqib, Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan, ikkala tomonning bojxona organlari esa tranzit kafolatlarini muvaffaqiyatli qayta ishlagan.
Ushbu yuklarni tashish protseduralari IRU va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) rahbariyati, shuningdek, IRU’ning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi bojxona organlari hamda a’zolari — O‘zbekiston yuk tashuvlarining xalqaro avtomobil assotsiatsiyasi (AIRCUZ) va Qozog‘iston yuk tashuvlarining xalqaro avtomobil ittifoqi (KazATO) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan savdo jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha mintaqaviy loyihasining muhim tarmog‘iga aylandi.
TIR (Transports Internetional Routiers — Xalqaro yo‘llarda tashish) — 1975 yilda yaratilgan xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasi asosida ishlaydigan yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish tizimi. Ayni vaqtda XYTni to‘liq raqamli protseduraga o‘tazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida eTIR’dan foydalanish davlat chegaralarini kesib o‘tishni soddalashtirish, transportirovka muddatlarini qisqartirish, shuningdek, yetkazib beruvchilarning xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Qog‘ozsiz format tizimi haydovchi va bojxona organi xodimi o‘rtasidagi aloqani qisqartiradi, koronavirus tarqalishining oldini olish borasidagi choralarga rioya qilinishini soddalashtiradi.
eTIR’ning ko‘plab protseduralari masofadan turib bajariladi, unda Xalqaro yo‘llarda tashish assotsiatsiyasining mahalliy ofislariga borish talab etilmaydi.
Izoh qoldirish