«O‘zekspomarkaz»da «INNOPROM». O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (+foto)

«O‘zekspomarkaz»da «INNOPROM». O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (+foto)

2021 yilning 5 aprel kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar markazi maydonida ilk bor “INNOPROM”. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi boshlandi.

Ko‘rgazmada va biznes-dasturda Armaniston, Belarus, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chexiya va Yaponiyaning 300 dan ortiq sanoat kompaniyalari va ishbilarmonlar delegatsiyalari ishtirok etmoqda. Tadbir Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda. Shuningdek, tadbirda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi korxonalari tomonidan ham mahsulotlar stendi tashkil etilgan.

Mahalliy mahsulot bilan mamlakatimizda faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy delegatlar ham qiziqishmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishtirokchi mamlakatlar va kompaniyalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, sanoatni rivojlantirish va qo‘shma korxonalar tashkil etishning yangi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari: transport va energetika mashinasozligi, sanoat AT, shaharlar uchun texnologiyalar, tibbiy asbob-uskunalar va farmatsevtika, metallurgiya va materiallar, plastmassa va kauchuklar.

“INNOPROM”. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 7 aprelga qadar davom etadi. 7 aprel kuni “INNOPROM” biznes dasturi “Oliy Iqtisodiyot maktabi” ITU ko‘magida o‘tadi va unda asosiy e’tibor O‘zbekistonning yirik universitetlari talabalari uchun ilg‘or sanoat ishlab chiqarishning eng dolzarb mavzularini yoritishga bag‘ishlangan tadbirlarga qaratiladi.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning “INNOPROM” sanoat ko‘rgazmasi 2010 yildan boshlab Yekaterinburgda har yili o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rgazma maydoni 50 000 kvadrat metr bo‘lib, u “Yekaterinburg EKSPO” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasining 4 pavilonini egallaydi. Har yili ko‘rgazmada 600 tadan ortiq eksponentlar namoyish etiladi hamda dunyoning eng yirik kompaniyalar: «Siemens», «FANUC», «Mazak», «Rittal», «KUKA», «Yaskawa», «Volvo», «SAP», «Dassault Systemes», shuningdek, yetakchi Rossiya ishlab chiqaruvchilari – “Rostex” davlat korporatsiyasi, “Sinara” guruhi, ChQPZ, “Rosatom” davlat korporatsiyasi, UTMK, “SOLLERS”, “KAMAZ” va boshqalar ishtirok etadi. Ko‘rgazmaga har yili 70 mamlakatdan o‘rtacha 50 mingga yaqin mehmon tashrif buyuradi.

Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari: avtomatika va robototexnika, mashinasozlik, metallga ishlov berish, additiv texnologiyalar, transport mashinasozligi, energetika, tibbiyot uskunalari.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar