Hermès, Vogue, Dior va Chanel uchun videofilmlarni suratga olayotgan yevropalik mutaxassislar o‘zbek to‘qimachilik sanoati va mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi film suratga olishadi

Hermès, Vogue, Dior va Chanel uchun videofilmlarni suratga olayotgan yevropalik mutaxassislar  o‘zbek to‘qimachilik sanoati va mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi film suratga olishadi

O‘tgan hafta bir guruh kinematograflar To‘qimachilik sanoati va mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi yangi reklama filmini suratga olish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Film Hermès, Vogue, Dior va Chanel uchun videofilmlarni suratga olayotgan yevropalik mutaxassislar guruhi tomonidan tayyorlanadi.

Joriy yilning 9 noyabr kuni "O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «Yevropada o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari: yangi reklama filmi va Yevropa bozoriga chiqish strategiyasi» mavzusida matbuot anjumani va o‘quv seminari tashkil etilib, uning davomida jamoatchilikka ushbu loyihaning asosiy g‘oyasi va o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini xorijiy bozorda ommalashtirish va targ‘ib qilish mexanizmi haqida suz bordi.

Tadbirda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbarlari, 50 dan ortiq to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalar vakillari, shuningdek kinorejissyor Per Disko va Advantage Central Asia kompaniyasi rahbari Dmitriy Rodin boshchiligidagi suratga olish guruhi a’zolari ishtirok etishdi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 maydagi 5989-sonli farmoni doirasida Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyihani moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi huzuridagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi mablag‘lari jalb qilindi.

ADVANTAGE Central Asia kompaniyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan to‘qimachilik mahsulotlarini eksportni kengaytirish va Yevropa bozoriga chiqish masalalarida hamkorlik qiladi.

Reklama filmini Fransiya va italiyalik kinorejissyor S.Forlini tomonidan suratga olinmoqda. U hujjatli va badiiy filmlar olish bilan bir qatorda Hermès, Vogue, Dior kabi taniqli brendlar uchun reklama roliklarini suratga oladi.

Andre Andrev - to‘qimachilik va moda biznesi sohasidagi mutaxassis, Chanel brendining «Haute Couture» kolleksiyasini yaratish bo‘yicha maslahatchi.

Per Dikso kinorejissyor va filmlari va Louis Vuitton, Nike, Hermes, Chanel, Chloe, Lacoste, Mini kabi brendlar uchun doimiy videofilmlarining muallifidir.

Tadbir davomida kinoijodkorlar O‘zbekiston madaniy merosi va mamlakatning to‘qimachilik sanoati haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Suratga olish ishlari Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida namunali paxta va to‘qimachilik klasterlari va korxonalarida bo‘lib o‘tdi. Film ijodkorlari boy tarix va to‘qimachilik sanoatning yuqori texnologik kuchi qayd etishdi va aynan shunga film davomida urg‘u berish istagini aytib o‘tishdi.

Shuningdek, o‘quv seminarida Dmitriy Rodin eksportchilarga, shu jumladan to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradigan kompaniyalarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan mislsiz ko‘makni, xususan, tovarlarni sertifikatlashtirishdan o‘tishda va uning uchun to‘lovlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Sanoat korxonalari bilan suhbat chog‘ida yevropalik mutaxassislar kompaniya brendi va ularning mahsulotlari targ‘ib qilish, yangi xaridorlarni topish va jalb qilish, reklama roliklarini tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi va boshqalar bo‘yicha o‘z qarashlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ushbu film tez orada omma e’tiboriga havola etiladi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar