Samarqand viloyati Payariq tumanida jamoat transporti bo‘yicha mahsus litsenziyaga ega 6 ta (viloyatda 297 ta yoki tumanning ulushi atiga 2%) xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur korxonalar tarkibida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovchi 94 ta avtotransport vositalari mavjud bo‘lib, shundan 10 ta avtobus, 15 ta mikroavtobus va 69 ta Damas rusumidagi yengil avtomobillar faoliyat ko‘rsatadi. Shu bilan birga, tumanda 265 ta yo‘nalishsiz qatnovchi jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar faoliyat ko‘rsatadi.
Shuningdek, tuman jamoat transport qatnovi yo‘nalishida 14 ta (viloyatda 365 ta yoki tumanning ulushi 3,8%) avtobus va taksi yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, shundan, 5 ta jamoat transport qatnovi yo‘nalishidagi avtobus yo‘nalishlari (shundan 3 ta ishlamaydigan avtobus yo‘nalishlari) hamda 9 ta yengil taksi yo‘nalishlari (shundan 7 ta qatnovi to‘xtagan taksi yo‘nalishlari) hisoblanadi.
Shuningdek, tumanning uzoq va chekka qishloq aholi punktlariga jamoat avtobusi qatnovi yo‘nalishlarini joriy etish talab etiladi.
Izoh qoldirish