Moliya vazirligi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlab, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida umumiy muhokamaga qo‘ydi. Loyihaning asosiy maqsadi - “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida” 2020 yil 15 oktyabrdagi qonuniga asosan, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan “nogiron” degan atamani “nogironligi bo‘lgan shaxs” atamasiga almashtirish.
- mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxsga mehnat qobiliyati tiklanganligi yoki uzrsiz sabablarga ko‘ra qayta ko‘rikdan o‘tishga kelmaganligi oqibatida pensiyasi to‘xtatib qo‘yilib, besh yildan muddatdan so‘ng shaxsni takroran nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilganida, amalda bo‘lgan qonunchilik talablaridan kelib chiqib nogironlik pensiyasini tayinlash.
- pensionerning vafoti munosabati bilan uning vafot etgan oydagi pensiya pulini oila a’zolariga to‘liq miqdorda to‘lash.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Davlat byudjetidan hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan yiliga 4,4 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ talab etiladi.
Qonun loyihasining muhokamasi 13 dekabrga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish