Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari 2017-2022 yillarda amalga oshirilgan faol islohotlar jarayonida Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlarni tahlil qildi.
2017-2022 yillar davomida viloyat yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) hajmi 32 foizga oshib, 32,0 trln so‘mni tashkil etdi va aholi jon boshiga 16,5 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi. Hisobot davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,1 trln so‘mdan 18,3 trln so‘mga (o‘sish 1,7 baravar) oshdi va YaHMdagi ulushi 16,6 foizdan 21,3 foizga yetdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 1,7 baravarga, ya’ni 9,4 trln so‘mdan 24,6 trln so‘mga yetdi. Viloyat aholisi soni qariyb 2 mln kishiga yetdi.
Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 20,2 mingdan 31,0 mingga yetdi va 1,5 baravarga oshdi.
Bu esa o‘tgan davrda viloyatda 155 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda 3,5 mlrd dollar investitsiyalar o‘zlashtirilishiga imkon berdi. Viloyatdagi 69 mahalla ishsizlikdan holi hududga aylandi.
Tashqi savdoni erkinlashtirish, tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan choralar natijasida viloyatning eksporti hajmi 245 mln AQSh dollariga yetdi va 2 baravarga ko‘paydi.
Aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida oxirgi 6 yil davomida 34,4 km gaz quvurlari, va 4 133 km suv ta’minoti tarmoqlari hamda 30 km avtomobil yo‘llari yotqizildi.
Yangi ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo kilishga alohida e’tibor qaratilib, viloyatda 5 139 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 18,2 ming, maktablarda 53,8 ming, 1,7 ming shifoxona o‘rinlari foydalanishga topshirildi. O‘tgan davrda 424 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, 11 mingdan ziyo oila yangi kvartiralarga ko‘chib o‘tdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish