Infografika: Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 10 ta eng muhim tashabbuslari

Infografika: Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 10 ta eng muhim tashabbuslari

100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 10 ta eng muhim tashabbuslari aniqlandi.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda jamiyat hayotini ijobiy tomonga o‘zgartira olgan tashabbuslar haqidagi fikrlarni o‘rganish maqsadida «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan ekspertlik so‘rovi o‘tkazildi.

Turli soha vakillaridan so‘nggi yillarda fuqarolar olqishiga sazovor bo‘lib, tarixiy ahamiyatga kasb etgan islohotlarni belgilash so‘raldi.

Natijada "Prezident shavkat mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim tashabbuslari TOP-10" taligi tuzildi.

Ekspertlar tomonidan eng muhim tashabbus deya, Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, chegaralarning ochilishi va nazorat-kiritish punktlarining tashkil etilishi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot o‘rnatilgani e’tirof etildi — 96 ta ovoz;

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan quyidagi tashabbuslar joy oldi:

2. Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolarning bartaraf etilishi — 90 ta ovoz;

3. Majburiy mehnat, shu jumladan bolalar mehnatiga barham berilishi — 79 ta ovoz;

4. Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi, milliy va xorijiy universitetlar filiallarining ochilishi — 78 ta ovoz;

5. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlari qabul qilinishidagi rolining oshirilishi — 69 ta ovoz;

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarining joriy etilishi — 63 ta ovoz;

7. Huquqni muhofaza qilish organlari va qurolli kuchlar tizimini isloh qilinishi — 61 ta ovoz;

8. Soliq islohotlari, tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq yukining kamaytirilishi, tadbirkorlar uchun soliq ta’tilining e’lon qilinishi — 59 ta ovoz;

9. Davlat xizmatlari tizimini rivojlantirish, ularning sifati va samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish — 58 ta ovoz;

10. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro muloqotning kuchaytirilishi — 57 ta ovoz.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar