Prezident Xalq qabulxonalari: “Maqsadimiz – Xalq roziligi”

Prezident Xalq qabulxonalari: “Maqsadimiz – Xalq roziligi”

Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning ham salmoqli qismini ushbu yo‘nalishdagi muammolar tashkil etadi. O‘tgan 2023 yil poytaxt tumanlarida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Misol uchun, Chilonzor tumani “Katta Qozirabod” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, qaramog‘ida nogironligi bor farzandi bo‘lgan, boquchisi yo‘q Mazina Akromova xonadoni o‘ta ta’mirtalab holga kelib qolgan edi. Bemor farzandi bois hech qayerda ishlashga imkoni bo‘lmagan, ayni paytda pensiyaga chiqqan onaxon o‘z uyini ta’mirlashga qurbi yetmadi. Uning murojaati tuman Xalq qabulxonasi tomonidan o‘rganilgach, homiylar jalb etilgan holda onaxonning uyi ta’mirlab berildi. Albatta, bunday e’tibordan onaxon cheksiz minnatdor.

Uchtepa tumani “Jarbuloq” mahallasida istqomat qiluvchi1993 yilda tug‘ilgan Ravshan Yo‘ldoshev uzoq yillar jigar sirrozi hastaligi bilan kurashib keldi. Ammo dard g‘olib kelib, bu navqiron yigitni to‘shakka mixladi. Uch nafar shirindan-shakar qizaloqlarning otasida zudlik bilan jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish va xorijda davolatish zarur edi. Ammo bunga oilaning moddiy imkoni yo‘q. Murojaatlardan so‘ng “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 156 milion so‘m hisobiga Ravshan aka Hindistonga olib borilib, jigar transpolantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi. Qayg‘uli kunlar ortda qoldi, qahramonimiz sog‘ayish jarayonida. O‘z farzandi bag‘riga qaytgan ota-onaning quvonchi cheksiz.

Shayxontohurlik Usmonali Qosimov va uning singlisi Hofiza Shamsiddinovalar bolalikdan nogiron. Usmonali umuman harakatlana olmaydi, tuman Xalq qabulxonasiga qilingan murojaatdan so‘ng unga nogironlik aravasi ajratildi, shuningdek, bu ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilaga tuman Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan domiy foydalanib borishlari uchun tadbirkorni jalb qilgan holda plastik karta berildi va har oyda 850 000 so‘mdan mablag‘ tushib turilibdi. Shuningdek bu norgionligi bo‘lgan fuqarolar ota-onalari davlat tomonidan Umra ziyoratiga yuborildi.

“Kamolon” mahallasida tug‘ma nogronligi bo‘lgan Fotima va Zuhra Shavkatjonovalar yolg‘iz ona parvarishida. Bu oilaning ham yaqingacha o‘z oshyoni yo‘q edi, murojaatlardan so‘ng subsidiya asosida shinam xonadon topshirildi. Bu qizaloqlar maxsus musiqa maktabida ta’lim olishmoqda, niyatlari san’atkor bo‘lish.

Sergelidan murojaat qilgan Vladimer Neruskov ikki tomonlama tizza bo‘g‘imlari koksartrozi bilan og‘rib keladi, protezlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun yaxshigina mablag‘ zarur. Fuqaroning tuman Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatidan so‘ng unga “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 45 million so‘m ajratildi. Tez orada bu otaxonda jarrohlik o‘tkaziladi. Shuningdek, “Yangi sergeli” mahallasida yashovchi qo‘l-oyoq falajligi kasalligi bilan 2021 yilda tug‘ilgan Muhammad Ziyovuddinovni davolanishi uchun 16 million so‘m ajratildi.

Bundan tashqari, aholining kommunal masalalrga oid murojaatlariga ham ijobiy yechim topildi. Jumladan, Chilonzor ko‘chasi 81-uyda yashovchi fuqarolarning tuman Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatlari asosida mazkur uyning tom qismi to‘liq profnastil qoplamasi bilan yopildi, ushbu ko‘p qavatli uy atrofi obod qiyofa kasb etdi, Shuningdek, “Yakkatut” mahallasidagi 20-21-22-23 uylarning muhandislik tarmoqlari yaxshilangach, issiqlik ta’minoti tiklandi

Ma’lmuot o‘rnida shuni aytish kerakki, Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalariga 2023 yilda 169 867 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 66 346 tasi ijobiy hal etildi, Murojaatlarning 18 352 tasi ijtimoiy masalaga taalluqli bo‘lib, 95 %, ya’ni 17,983 tasi ijobiy yechimini topdi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar