Qahramonlarning yoshlar bilan uchrashuvi

Qahramonlarning yoshlar bilan uchrashuvi

Ko‘klam tantanalari munosabati bilan Surxondaryoning katta avlod vakillari viloyatning eng faol yoshlari bilan birgalikda bayramona dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.

Tadbir O‘zbekiston qahramonlari, mehnat faxriylarining hayot yo‘llariga bag‘ishlangan hujjatli film namoyishi bilan boshlandi. Mazkur filmda ularning har biri haqida, mashaqqatli umr va mehnat yo‘llari hikoya qilindi.

Mehnat faxriysi Bozor Rahmonovning umr chizgilaridan bir parcha namoyish etildi. Ekranda aks etgan tasvirlarning o‘zi uning uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Filmni tomosha qilar ekan otaxon ko‘zlariga yosh oldi.

O‘zbekiston qahramoni Rahmon Muhammadiyev uchun atalgan film ham, otaxon uchun kutilmagan hadya bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Dunyoga mashhur oftalmolog bu o‘tgan davrlarni tik turgan holda tomosha qilib, o‘zining his tuyg‘ulari, quvonch u minnatdorchiligini yashirmadi.

Surxon elida mehnatsevarlik va o‘ziga talabchanlik na’munasi sifatida o‘rnak bo‘lib kelgayotgan mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonov haqidagi lavhalar yig‘ilganlarning ruhiyatiga, qalb tuyg‘ulariga ta’sir qilmasdan qolmadi

Bu insonlar – O‘zbekistonning haqiqiy oltin fondi, yoshlar ibrat olsa arzigulik vatan fidoiylari.

Yosh avlod vakillari nafaqat hozirgi qahramonlarni balki bugun oramizda bo‘lmasa-da, yaqin o‘tmishdagi fidoiylar haqida ham bilishi lozim. Tadbir ishtirokchilariga umri davomida viloyatning har tomonlama rivojlanishida o‘zinin munosib hissasini qo‘shgan 5 nafar mehnat faxriylari - Murod va Abdulla Xo‘jamqulovlar, Do‘stmuhammad Otarboyev, Stepan Bogma, Mixail Yeremeyevlar haqidagi filmlar ham namoyish etildi.

Ha, bu insonlarning umr yo‘liga boqib, har sohada peshqadam va yetuk shaxs bo‘lish uchun ilhom oladi kishi. Mazkur hujjatli filmlar kelajak avlod vakillari uchun katta maktab vazifasini o‘tab berdi.

Nuroniy va yoshlarning bu kabi uchrashuvi doimiy tarza tashkil etilmoqda. Hakim At-Termiziy qadamjosini ziyorat qilishda ham keksalarga aynan yoshlar hamrohlik qilishdi. Majmua esa dildan suhbat uchun qulay manzil.

Keyingi Uch avlod uchrashuvining manzili – Qashqalaryo viloyati.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar