Sanoat mahsulotlari. Viloyatda 22 814,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,5 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 3-o‘rin)ga oshgan.
Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 4,1%ni va hududlar orasida 8-o‘rinni egallangan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 7,5%, ishlab chiqariladigan sanoat - 68,2%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati - 23,8%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati - 0,5%ni tashkil qilgan.
Viloyatda ishlab chiqarish sanoatining tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari (26,5%), kimyo mahsulotlari (19,4%), oziq – ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (13,8%) asosiy o‘rinni egallaydi
Viloyatda sanoat ishlab chiqarish hajmida viloyatning 3 ta hududi - Nishon (22,9%), G‘uzor (15,4%), Qarshi shahri (15,3%) asosiy qismni tashkil qiladi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati Mirishkor (141,6%), Dehqonobod (127,8%), Qarshi (121,2%), Kitob (117,2%) tumanlarida yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 6621,7 ming so‘m (Respublika hududlari orasida 12-o‘rin) bo‘lgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,5%ga oshgan.
Iste’mol mollari. Viloyatda 4763,1 mlrd so‘mlik (2021 yilning mos davriga nisbatan 109%) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 2,4%ni tashkil qilgan holda hududlar orasida 11-o‘rinni egallagan. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat tovarlari hajmi 2878,6 mlrd so‘m (o‘sish ko‘rsatkichi 108,3%), nooziq-ovqat tovarlari 1884,5 mlrd so‘mni (110,2%) tashkil qilgan.
Tumanlar kesimida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmining yuqori ulushi Qarshi shahri (1188,6 mlrd so‘m), past ulushi Muborak (105,9 mlrd so‘m) tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollarining viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichi 1382,4 ming so‘m bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkich Qarshi shahrida (4150,8 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa Kasbi (565,5 ming so‘m) tumanlarida kuzatilgan.
Izoh qoldirish