2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra Qashqadaryo viloyatida yashovchi doimiy aholi soni 3482,6 ming nafarni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 2,2%ga ko‘paygan. Aholining 42,9%i shaharlarda, 57,1%i qishloqlarda istiqomat qilib kelmoqda. Jumladan, viloyat aholisining 50,6% - erkaklar, 49,4% - ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Aholining 56,2%i – mehnatga layoqatli yoshdagilar, 34% - mehnatga layoqatli yoshdan kichik, 9,8% - mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni solishtirilganda Koson (304,6 ming nafar), Qarshi shahri (289,6 ming nafar) va Qamashi (286,8 ming nafar) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyatda yil yakuniga ko‘ra tug‘ilganlar soni 98,3 ming nafar bo‘lib, shundan 52,2% - o‘g‘il bolalar, 47,8% - qiz bolalarni tashkil etgan. Shu bilan birga vafot etganlar 17 ming nafar bo‘lib, 43,2%i – qon aylanish tizimi kasalliklari, 17,2% - nafas olish a’zolari kasalligi, 7% - o‘simta, 5,9% - baxtsiz hodisa va boshqa turli sabablar bilan vafot etgan.
Bundan tashqari viloyatda nikoh qurgan oilalar – 32,2 ming, nikohdan ajrimlar – 3,5 ming, ko‘chib kelganlar – 9,1 ming, ko‘chib ketganlar – 16,2 ming nafarni tashkil etgan. Nikohdan ajralishlarning 41,7% - bitta farzandi bilan, 32,5% - farzandsiz, 25,8% - 2 va undan ortiq farzand bilan ajrashganlar tashkil qilgan.
Ish haqi. Tahlil qilinayotgan davrda viloyatdagi o‘rtacha hisoblangan oylik ish haqi 2952,6 ming so‘m (119,9% o‘sish)ni tashkil qilgan. Tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining yuqori ko‘rsatkichi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatlari (7554,2 ming so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish