Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari tahlili

Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari tahlili

Viloyatda 2746,4 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,1%ga oshgan. Respublika qishloq xo‘jaligida viloyatning ulushi 8,2% bo‘lgan holda, hududlar orasida 6-o‘rin (Sirdaryo viloyatidan 2,6 baravar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 2,5 baravar yuqori)ni egallagan.

Ishlab chiqarishning tarkibiga ko‘ra viloyat miqyosida 95%i-qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dehqon (shahsiy yordamchi) xo‘jaliklari tomonidan, 2,8% - fermer xo‘jaliklari, 2,2% - qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan. Qishloq xo‘jaligida chorvachilik- 8193,3 mlrd. so‘m, dehqonchilik-4259,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

1-rasm. Tuman (shahar) lar kesimida ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va badiqchilik mahsulotlarining ulushi

Tuman (shahar)lar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini solishtiradigan bo‘lsak, Chiroqchi (1906,7 mlrd so‘m), Koson (1157,3 mlrd so‘m), Qamashi (1069,9 mlrd so‘m), Kitob (1031,1 mlrd so‘m), Yakkabog‘ (964,7 mlrd so‘m), Nishon (962,8 mlrd so‘m), Kasbi (916,6 mlrd so‘m), Mirishkor (890,4 mlrd so‘m), Qarshi (877,4 mlrd so‘m), G‘uzor (777 mlrd so‘m), Muborak (758 mlrd so‘m), Shahrisabz (755,2 mlrd so‘m) tumanlari nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Dehqonobod (548,3 mlrd so‘m) tumani, Shahrisabz (109,7mlrd so‘m), Qarshi (104 mlrd so‘m), shaharlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Shuningdek, birgina Chiroqchi tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Qarshi shahriga qaraganda 18,3 baravarga kattadir. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan, hududlar kesimida qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari viloyatning barcha tumanlarida kuzatildi.

2-rasm. Tuman (shahar) lar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari

Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 804,0 ming so‘mni (Respublika hududlari orasida 9-o‘rin), 2021 yilning mos davriga nisbatan 98,9 foizni tashkil qilgan.

Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakuniga ko‘ra viloyatda jami 608200 tonna don va dukkakli don mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 584301 tonna - bug‘doy, 1432 tonna – makkajo‘xori tashkil etadi.

Shu bilan bir qatorda viloyat miqyosida jami yetishtirilgan kartoshka – 103472 tonna, sabzavotlar – 162871 tonna, oziqbop poliz ekinlari – 35603 tonna, mevalar va rezavorlar – 53109 tonna, uzum – 6932 tonna, go‘sht (tirik vaznda) – 142567 tonna, sut mahsulotlari – 547519 tonna, tuxum – 242125 donani tashkil qilgan.

Viloyatda aholining daromadlari ko‘proq qishloq xo‘jaligiga bog‘liq bo‘lganligi sababli kelgusi besh yillik strategiyada urug‘lik va navlarni yaxshilash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yangilash, yerlarni suv bilan barqaror ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmini 1,2 baravarga oshirish maqsad qilib belgilangan. Shuningdek, kelgusida chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Kasbi, Mirishkor, Nishon va Koson tumanlarida klaster tizimi asosida 1000 boshdan kam bo‘lmagan yirik chorvachilik komplekslari tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan.

Anvar Qobilov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo filiali shu’ba mudiri

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar