Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzi narxi tushishi kutilayotgani haqida xabar berdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzi narxi tushishi kutilayotgani haqida xabar berdi

O‘zbekiston viloyatlarida erta bahordagi sovuq ob-havo tufayli to‘liq yetilishi deyarli bir oyga kechikkan ertaki sabzi hosilining yig‘im-terim ishlari boshlandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ommaviy terim ishlari iyul oyining dastlabki kunlariga belgilangan. Bu bozorni yangi sabzi bilan to‘liq ta’minlanishiga va ushbu sabzavot narxining tushishiga olib keladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2021 yilda umumiy hisobda 124,4 ming ga maydonda (o‘tgan yildagiga nisbatan 18,2 ming ga ko‘proq) sabzi ekish rejalashtirilgan. Hammasi bo‘lib 2,3 mln tonna sabzi hosili olish mo‘ljallanmoqda.

Mamlakat aholisining sabziga bo‘lgan 1 yillik ehtiyoji 800 ming tonnani tashkil etadi. Yetishirilgan sabzi hosilining qolgan hajmi eksport va qayta ishlashga yo‘naltiriladi. Qish-bahor mavsumida aholi iste’molini ta’minlash maqsadida 400 ming tonnadan ziyod sabzi zaxira qilinadi.

Avvalroq sabzi narxining nima sababdan oshgani haqida xabar bergan edik.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar