2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yalpi hududiy mahsuloti 2022 yil davrga nisbatan 3,1 foizga o‘sgan, jami 22,1 trln. so‘mni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi esa 11,1 mln. so‘mni tashkil etib, 2022 yil davrga nisbatan 1,7 foizga o‘sgan.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida hududda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 13,2 trln. so‘mni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 0,8 foizga o‘sish ko‘zatildi.
Tahlil qilinayotgan davr mobaynida xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2022 yilga nisbatan 9,8 foizga oshdi. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida hududda 2,0 trln. so‘mlik xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq xo‘jaligida 2022 yilga nisbatan 4,4 foizga o‘sish kuzatildi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 9,2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasida sezilarli o‘sish sur’atlari kuzatildi va bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 9,2 foizni, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 9,0 trln. so‘mni tashkil etdi.
Bundan tashqari, 2022 yilga nisbatan chakana savdo aylanmasi 4,0 foizga oshib, 6,9 trln. so‘mni tashkil etdi.
Tahlil qilinayotgan davr mobaynida, qurilish ishlarida o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizni tashkil etdi. Joriy yil davomida hududda 4,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalarda ham 3,4% ga o‘sish kuzatilib va ular hajmi 7,9 trln. so‘mni tashkil etdi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxonalar sonida katta o‘zgarish sezildi. 2022 yilda 4958 ta yangi kichik biznes sub’yekti tashkil etilgan bulsa, joriy davrda 62,3% ga o‘sgan.
Tahlil qilinayotgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 377,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,1 foizga kam. Hududda savdo balansida 63,9 mln. dollarlik ijobiy saldo qayd etilishiga qaramasdan, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,7 foizga kamaydi va 220,8 mln. dollarni tashkil etdi, import hajmi esa 156,9 mln. dollarni tashkil etib 9,1 foizga kamaygan.
Hududda kichik tadbirkorlikni jadal rivoshlantirishiga katta e’tibori, mehnat resurslarning foallashiga olib keladi.
Salamat Begmanov
Izoh qoldirish