Qozog‘istonda qo‘y, mayda va yirik qoramollarni eksport qilishga taqiq qo‘yildi. Bundan avval bu chora kiritilishiga Qozog‘iston go‘sht ittifoqi qarshi chiqqandi.
Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Aydarbek Saparov bu cheklov go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxi shakllanishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda “hech qanday noroziliklar yo‘q”.
“Men sizlarni tinchlantirmoqchiman. Go‘sht yo‘nalishidagi davlat yordami, sut yo‘nalishiga qaraganda ko‘proq edi. Buni fermerlar tushunishadi. Bugungi kunda 156 ming boshga yaqin qoramol eksport qilindi. 2011 yildan to bugungi kungacha biz chet eldan keltirilgan zotdor chorvalar olib keldik - qariyb 130 ming bosh. Bir yil ichida biz 156 ming eksport qildik - bu qanday raqam ekanligini tushunasiz? Juda ko‘p ishlar amalga oshirildi, shuning uchun chorva mollarini har qanday holatda ham eksport qilish mumkin emas. Bizning bugungi vazifamiz - qayta ishlangan mahsulotni eksport qilish. Biz bu yo‘nalishda harakat qilmoqdamiz. Ha, O‘zbekistonda go‘sht narxi 100-120 tangaga yuqori, shuning uchun bugun biz fermerlarga subsidiyalar qoldirdik. Barcha fermerlar kilogramm uchun 200 tangadan olishadi. Bu narxlardagi farqdan ko‘proq", deb ta’kidladi Saparov.
Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, fermerlar "hech qanday muammoga duch kelmaydilar", deb ishontirdi. Bir kilogramm go‘sht uchun 200 tenga miqdorida subsidiya oladilar. Shu bilan ichki bozorni ta’minlash rejalashtirilgan.
"Bugungi kunda bu go‘sht narxiga hamma narsaga ta’sir qiladi", dedi Saparov.
Biroq, Saparov ichki bozorda go‘sht narxlari ko‘tarilmasligini aniq ayta olmadi.
"Biz (go‘sht) ishlab chiqaramiz, do‘konlar esa chakana sotadi. Vositachilar bor. Men yuz foiz kafolat berolmayman ... Bugun hatto yo‘l yopildi (qor bo‘roni sababli) - yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin. Qayerdadir vaqtinchalik hodisa bo‘lishi mumkin. Narx barqaror, dekabr bilan solishtirilsa umumiy o‘sish 0,5-0,7% ni tashkil etadi, shuning uchun go‘sht ishlab chiqarishni ta’minlaymiz ", dedi Saparov.
Izoh qoldirish