Qozog‘istonning "SCAT" aviakompaniyasi O‘zbekistonga qatnovlarni amalga oshiradi

Qozog‘istonning

8 martdan boshlab Qozog‘istonning "SCAT" aviakompaniyasi Aktau shahridan Urganch shahrigacha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Aviaqatnovlar haftasiga ikki marta — dushanba va chorshanba kunlari B-737 samolyotlarida amalga oshiriladi.

"SCAT" — 1997 yilda tashkil etilgan xususiy aviakompaniya bo‘lib, bugungi kunda ushbu aviakompaniya parkida G‘arbda ishlab chiqarilgan 60 dan ortiq samolyotlar mavjud. Shuningdek, aviakompaniya tomonidan 80 dan ortiq mahalliy va xalqaro havo yo‘llari ekspluatatsiya qilinmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar