Infografika: Qurilish sohasida Jizzax viloyatining 2022 yildagi ko‘rsatkichlari

Infografika: Qurilish sohasida Jizzax viloyatining 2022 yildagi ko‘rsatkichlari

2022 yil davomida Jizzax viloyatida jami qurilish ishlari hajmi 3431,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 106,5%ga oshdi. Qurilish sohasining yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi 13%ni tashkil etdi. Ushbu sohasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ishchi xodimlarning 2022 yilgi o‘rtacha oylik ish haqi 2,524 mln.so‘mni tashkil etdi.

Qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlarning 73% qismi kichik va mikrokorxonalar tomonidan, 6% - yirik korxonalar va 21% - norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan.

Jizzax viloyatida amalga oshirilgan jami qurilish ishlarining 38% qismi Jizzax shahrida, 17% - Sh.Rashidov tumanida, 11% - Zomin tumanida amalga oshirilgan. Qurilish ishlari eng kam Yangiobod, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida amalga oshirilgan.

Jizzax viloyatida jami 2194 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritib, ularning soni o‘tgan yilga nisbatan 8%ga o‘sgan. Qurilish korxonalarining 81% qismi bino va inshoatlar qurilishi, 12% - fuqarolik ob’yektlari va 7% - ixtisoslashtirilgan qurilish ob’yektlari qurilishi bilan shug‘ullanishadi. Qurilish firmalarining aksariyati Jizzax shahri (42%), Sh.Rashidov (16%) tumanida joylashgan. Zafarobod (1%), Yangiobod (2%) va Arnasoy (2%) tumanlari qurilish firmalari soni eng kam hududlar hisoblanadi.

Feruz Rahimov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar