O‘n sakkizta vazirlik va idoralar, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ishchi guruhlar va tezkor shtablar tuzilib, tumanning 13 ta mahallasidagi barcha 6 830 ta xonadon sharoiti bilan tanishib chiqildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tuman aholisi talabidan kelib chiqib, 59,4 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazildi, 920 dan ortiq xonadonlarning gaz ta’minotini bir me’yorda ta’minlanishiga erishildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 3 dona transformator, 58 ta temir beton ustunlar o‘rnatildi, 1,3 km tarmoq qayta tortildi. “Cho‘lquvar” mahallasida 3,5 km ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlandi. “Bo‘ston” mahallasida aholi tomorqalarini sug‘orish uchun 1,5 km ichki irrigatsiya tizimi yangidan qurildi.
Uyma-uy yurish natijasida 12 ta mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 514 nafar ehtiyojmand fuqarolar bepul dori-darmon, 12 nafar fuqaro nogironlik aravachasi va boshqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.
Aholi bandligi ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari ham Ishchi guruh e’tibori markazida bo‘ldi. 43 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. Jumladan, 5 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga, 37 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishiga joylashtirildi. Jamoat ishlari jamg‘armasidan 39,3 mln. so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.
Tuman aholisini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 121 nafar fuqarolarga 337,0 mln. so‘m subsidiya mablag‘lariga 3 turdagi asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi. Shuningdek, 165 nafar fuqaroga 1 mlrd. so‘m subsidiya asosida asbob-uskuna, mehnat qurollari bilan ta’minlash bo‘yicha hokim yordamchilari tavsiyalari berildi.
Tijorat banklari tomonidan 225 ta tadbirkorlik sub’yektlari va aholi vakillariga 4,3 mlrd. so‘m kredit ajratilishi ta’minlandi. Jumladan, 191 nafar fuqaroga 3,1 mlrd. so‘m mikroqarz, ta’lim krediti, iste’mol va ipoteka kreditlari ajaritildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 106 nafar xotin-qizlarga 404,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 34 nafariga uy-joy ta’miri uchun qurilish mollari (174,7 mln. so‘m), 20 nafariga reabilitatsiya vositalari (28 mln. so‘m) yetkazib berildi, 4 nafariga jarrohlik operatsiyasi uchun 58 mln. so‘m ajratildi.
“Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 77 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida 129,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Jumladan, oliy ta’limda o‘qiyotgan 20 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga kontrakt to‘lovlari (37,4 mln. so‘m), 32 nafar oila farzandlariga moddiy yordam (31,4 mln. so‘m), 18 nafar yoshlarga davolanish uchun mablag‘ (24,3 mln. so‘m) ajratildi.
Ishlar davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish