Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 127 694,7 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Bozor xizmatlarining nominal hajmi 28 861,6 mlrd. so‘mga oshgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,3 % ni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
- aloqa va axborotlashtirish – 7 318,1 mlrd.
- moliyaviy – 28 594,1 mlrd
- transport – 30 091,6 mlrd
shu jumladan: avtotransport – 16 161,4 mlrd
- yashash va ovqatlanish – 3 618,2 mlrd
- savdo – 32 085,5 mlrd
- ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 3 684,7 mlrd
- ta’lim sohasi – 5 411,5 mlrd
- sog‘liqni saqlash sohasi – 2 259,2 mlrd
- ijara – 2 643,9 mlrd
- kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash – 2 137,2 mlrd
- shaxsiy – 3 104,1 mlrd
- me’morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 2 702,2 mlrd;
- boshqalar – 4 044,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish