Samarqand viloyati Payariq tumanida barcha darajadagi avtomobil yo‘llari holati joriy tahlil qilindi

Samarqand viloyati Payariq tumanida barcha darajadagi avtomobil yo‘llari holati joriy tahlil qilindi

O‘rganishga ko‘ra, Payariq tumanida 434 km umumfoydalanuv ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan 132 km respublika ahamiyatidagi va 302 km mahalliy ahamiyatidagi yo‘llar hisoblanadi. Jumladan:

Davlat ahamiyatida bo‘lgan yo‘llar toifasiga 4R 43 "M 39 - a/y Marjonbuloq k - Zarmitan k - Qo‘shrabod k - Payarik" 58-77 km; 4R 48 "Zarafshon traktining o‘ng soxili" 15-48 km; 4R 49 "Chelak sh -Payarik -sh Marjonbuloq Qushrabot"; 4R 241 "Oqtosh sh -Xatcha k Abolin k" 22-32 km; 4R 242 "Bulungo‘r sh - Qulbosti k - Chelak sh" 32-44 km; 4R 247 "Oqtepa -Kurli-Dexqonobod-Payapiq" 12-38 km kirishi aniqlandi.

Respublika axamiyatidagi 132 km avtomobil yo‘llar mavjud bo‘lib, shundan 103 km asfaltabeton va 29 km qoraqoplama yo‘llarga kiradi. Mazkur yo‘llarning 51 km yoki 38,6% ta’mirtalab hisoblanadi.

Shuningdek, mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar tarkibiga (4K 493V Eshimoqsoq qishlog‘iga kirish 5-10 km; 4K 496 Qorabayir-Emalach-Vali-Oqchelak 0-22 km; 4K 496A Javshar qishlog‘iga kirish 0-1 km; 4K 496B Qorakamar qishlog‘iga kirish 0-5 km; 4K 496V Ko‘rmulla qishlog‘iga kirish 0-6 km; 4K 497 Zarafshon qirg‘og‘i o‘ng sohili b. Ko‘rmulla k/k 0-6 km; 4K 498 Payarik-Baliqchilik xo‘jaligi 0-17 km; 4k499 Chelak-Qorakessak-U.Bag‘ara 0-18 km; 4K 499A Qoraqalpog‘iston j/x kirish 0-5 km; 4K 500 Chelak-Juraboy-Yettiurug‘ 0-20 km; 4K 500a Payariq-Baliqchilik j/x 0-4 km; 4K 500B Qirqovul qishlog‘iga kirish 0-1km; 4K 500V 4K 500 a/y dan Chelak shahriga kirish 0-2 km; 4K 501 Choporoshli-Toshboyrot-Chong‘oroqchi 0-13 km; 4K 504 Devarak-Ko‘ktepa-Oqqo‘rg‘on 0-17 km; 4K 504A Ernazarqo‘rg‘onga kirish 0-5 km; 4K 504B Sariyak qishlog‘iga kirish 0-11 km; 4K 504V Qoraqishloqqa kirish 0-2 km; 4K 504G 4K 504 a/y dan Beshkapa qishlog‘iga kirish 0-6 km; 4K 505 Oqdaryo kuprigi orqali Qulbostiga chiqish. 0-12 km; 4K506 Jomboy-Eshimoqsok-Tut-Choshtepa 7-14 km; 4K 506A Pong qishlog‘iga kirish 0-3 km; 4K569 Chelak aylanma yuli 0-3 km; 4N 491 Juvozxona-Allayorquduq 0-14 km; 4N 492 Baxrin-Oxunboboyev 0-3 km; 4N 493 Mirzachul-Yultepa 0-8 km; 4N 494 Chelak-Mitan-Vali 0-2 km; 4N 495 Chelak-Urostoy 0-5 km; 4N 496 Oqqo‘rg‘on-Douchor-Nogaxon 0-2 km; 4N 543 Dexqonobod j/x kirish 0-2 km; 4N 544 Kultusin-Yangiobod-Nakurt 0-28 km; 4N566V Chumichli qishlog‘iga kirish 0-5 km; 4N 566G Chongolochi qishlog‘iga kirish 0-3 km; 4N 566d Buri qishlog‘iga kirish 0-6 km; 4N 587 Payarik-Baliqchilik xo‘jaligi 0-6 km; 4N 588 4R247 a/y dan Yigirmatepa qishlog‘iga kirish 0-4 km; 4N 589 Pastkiovul-Kupaki-4R49 a/y 0-4 km; 4N 590 Oqtosh-Obolin-Qoraqalpog‘iston sh/x 0-5 km; 4N 634 Oqtepa-Payariq-Garay-Ingichka 0-14 km) qo‘yidagi aholi punktlaridagi yo‘llar kiradi.

Maxalliy axamiyatdagi 302 km avtoyo‘llar mavjud bo‘lib, shundan 125 km asfaltabeton, 113 km qoraqoplama va 63,6 km shag‘al qoplamali yo‘llar toifasiga kiradi. Mazkur yo‘llarning 108 km yoki 35,8% ta’mirtalab hisoblanadi.

Ushbu avtomobil yo‘llarning kategoriya bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha: 1-kategoriyali avtomobil yo‘llari - 11,4 km, 2-kategoriyali yo‘llar - 27,0 km, 3-kategoriyali yo‘llar - 47,6 km, 4-kategoriyali yo‘llar - 175 km va 5-kategoriyali avtomobil yo‘llari - 173 km ni tashkil etadi.

Mazkur avtomobil yo‘llarda 64 dona ko‘prik va 916 dona quvurlar va 853 dona yo‘l belgilari xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, tuman hududlarida jami uzunligi 1877,9 km ichki yo‘llar mavjud bo‘lib, 231,8 km asfalt-beton qoplamali (12,3%), 5,9 km sementobeton qoplamali (0,3%), 1542,6 km qum-shag‘al aralashmali (82,1%) va 97,7 km tuproq qoplamali yo‘llar (5,2%) toifasiga kiradi.

Mazkur ichki yo‘llarning 178,4 km (jami ichki yo‘llarning 9,5%) 2000-2005 yillar davomida ta’mirlangan va ma’nan eskirgan (shundan, 148,2 km qum-shag‘al aralashmali) yo‘llar hisoblanadi.

Misol uchun, Qultusin MFY, Ko‘l qishlog‘i 23-son ko‘chasidagi 3,7 km uzunlikda bo‘lgan yo‘llar 2000 yilda hamda Ko‘paki MFY, Ko‘paki qishlog‘i 33-son ko‘chasidagi 3,8 km yo‘llar 2003 yilda ta’mirlangan. Shuningdek, 225,6 km yo‘llar (shundan 189,3 km qum-shag‘al aralashmali va 3,3 km tuproq yo‘llar) 2006-2010 yillar, 240,5 km yo‘llar (shundan 191,2 km qum-shag‘al aralashmali va 4,9 km tuproq yo‘llar) 2011-2015 yillar ham 1048,6 km yo‘llar (shundan 907,3 km qum-shag‘al aralashmali va 6,8 km tuproq yo‘llar) 2016-2022 yillar oralig‘ida ta’mirlangan.

Ichki yo‘llarning joriy ta’mirlanganligi holati o‘rganilganda, jami yo‘llarning 237,7 km yoki 12,7% qoniqarli, 1542,6 km yoki 82,1% o‘rta darajadagi va 97,7 km yoki 5,2% yaroqsiz darajada bo‘lgan tuproq yo‘llarni tashkil etishi aniqlandi.

Misol uchun, Dustlik MFY, Tutli qishloq 3-son ko‘chasidagi 3,2 km va Kattasoy qishloq 1-son ko‘chasidagi 3,7 km yo‘llar tuproq yo‘llar hisoblanadi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2030 yilga qadar jami 1640,3 km, shundan 2023 yilda 97,7 km (6%), 2024 yilda 75,6 km (4,6%), 2025 yilda 246,4 km (15%), 2026 yilda 192,9 km (11,8%), 2027 yilda 269,5 km (16,4%), 2028 yilda 274,5 km (16,7%), 2029 yilda 230,7 km (14%) va 2030 yilda 253,1 km (15,4%) ichki yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Kamoliddin Nurmurodov


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar