2023 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 987,7 mln. dollarga yetdi va 2022 yilning mos davriga nisbatan 262,3 mln. dollarga yoki 15,3% ga o‘sgan. Eksport hajmi 485,2 mln. dollarga (5,0% ga o‘sgan) va import hajmi 1 496,5 mln. dollarga (19,0% ga o‘sgan) yetdi.
Samarqand viloyati jahonning 99 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (24,1%), Rossiya Federatsiyasida (21,9%), Qozog‘istonda (11,9%), Turkiyada (7,0%), BAAda (3,2%), Ozarbayjon (2,9%) va Tojikiston (2,7%) qayd etilgan.
Hisobot davri viloyat tashqi savdo aylanmasi 42,5% ulushi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,7%ga kamaygan.
Samarqand viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 708,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport hajmi 269,5 mln. dollar, import hajmi esa 439,2 mln. dollarga yetdi.
Viloyat eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Samarqand shahri 42,0 % ulush bilan 203,9 mln. dollarni, eng quyi ulushni esa Qo‘shrabot tumani 0,3 % ulush bilan 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish