Samarqand viloyatida hokim yordamchilari faoliyati

Samarqand viloyatida hokim yordamchilari faoliyati

O‘tkazilgan xatlov natijalari

1126 ta hokim yordamchisi o‘z faoliyatini boshladi 740 819 ta xonadonlarnin barchasi (100 foiz) xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.

118 999 ta xonadon 1-toifa (xatlov o‘tkazilgan xonadonlarga nisbatan 16,1 %; (Daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotgan xonadonlar)

237 455 ta xonadon 2-toifa xatlov o‘tkazilgan xonadonlarga nisbatan 32,1 %; (Doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar)

59 443 ta xonadon 3-toifa (xatlov o‘tkazilgan xonadonlarga nisbatan 8,0 %; (ijtimoiy ximoyaga muhtoj, nogironligi bor va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlar)

324 922 ta xonadon 4-toifa (xatlov o‘tkazilgan xonadonlarga nisbatan 43,8 % (Iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar).

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilishi belgilangan kreditlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida 2022 yilda viloyat bo‘yicha jami 900,0 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan. Shundan yanvar-noyabr oylarida jami 37 630 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 837,5 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratib berilgan.

Ma’lumot uchun:

  • - Issiqxona yo‘nalishida 2138 ta 59,3 mlrd.so‘m;
  • - Chorvachilik yo‘nalishida 5541 ta 138,4 mlrd.so‘m;
  • - Quyonchilik yo‘nalishida 221 ta 3,9 mlrd.so‘m;
  • - Parrandachilik yo‘nalishida 1 532 ta 34,8 mlrd.so‘m;
  • - Asalarichilik yo‘nalishida 581 ta 13,4 mlrd.so‘m;
  • - Baliqchilik yo‘nalishida 261 ta 8,3 mlrd.so‘m;
  • - Bog‘dorchilik yo‘nalishida 2648 ta 96,2 mlrd.so‘m;
  • - Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 16 484 ta 351,6 mlrd.so‘m;
  • - Ishlab chiqarish yo‘nalishida 246 ta 24,79 mlrd.so‘m;

-Hunarmandchilik yo‘nalishida 487 ta 13,7 mlrd.so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan subsidiya mablag‘lari bo‘yicha

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 398 ta fuqarolarga 9,3 mlrd.so‘mlik subsidiyalar ajratilishi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun:

Kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun 137,1 mln.so‘m 48 nafar fuqarolarga;

Asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 8 269,2 mln.so‘m 2 438 nafar fuqarolarga;

«Hunarmand» uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun 695,1 mln.so‘m 808 nafar fuqarolarga;

Sug‘orish vositalari xarid qilish uchun 137,1 mln.so‘m 71 nafar fuqarolarga;

«Usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga 66,6 mln.so‘m 30 nafar fuqarolarga subsidiyalar ajratilishi ta’minlangan.

Hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Online-mahalla.uz platformasi ma’lumotlariga asosan hokim yordamchilari tomonidan yanvar-noyabr oylarida jami 138 425 nafar ishsiz aholi aniqlangan.

Yanvar-noyabr oylarida jami 319 995 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlangan.

Jumladan:

103 517 nafar - doimiy ishga joylashtirish hisobiga;

12 674 nafar haq to‘lanadigan jamoat ishlari hisobiga;

155 071 nafar - O‘zini-o‘zi band qilish hisobiga;

13 156 nafar Yakka tartibdagi tadbirkorlik tashkil qilish hisobiga.

Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va isloxotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar