SamISIda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyatlari haqida suhbatlashildi

SamISIda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyatlari haqida suhbatlashildi

Kecha, 8 yanvar kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassisi X.Asadov bilan institut professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda markaz mutaxassisi mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy siyosat va so‘nggi yillardagi ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi.

- Mamlakatimizda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) qo‘shilish haqidagi fikrlar ko‘pgina bahs-munozalarga sabab bo‘lmoqda, - dedi H.Asadov. - Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi xalqaro huquq sub’yekti maqomiga ega iqtisodiy integratsiyalashgan mintaqaviy xalqaro tashkilotdir. Ushbu tashkilot modernizatsiya va kooperatsiya qilish orqali a’zo davlatlar milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish hamda aholi turmush farovonligi darajasini ko‘tarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan. Mazkur xalqaro tashkilotga a’zo bo‘linsa, iqtisodiyot sohalarida muvofiqlashtirilgan yagona siyosat amalga oshiriladi.

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun jiddiy qadamlarni qo‘yish vaqti yetdi. Bu jarayonni xalq bilan birgalikda, hamnafas bo‘lib amalga oshirish har qanday davlatni yuksaltiradi.

Bahs-munozalarga boy bo‘lgan tadbirda talaba-yoshlar tomonidan YeOIIga a’zo bo‘lishning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida savollar berildi. Soha mutaxassislari talabalarning savollariga atroflicha javob berishdi.

Manba: http://zarnews.uz/

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar