Ochiq va samimiy muloqotlarda sudlar tomonidan sud qarorlaridan nushalar olish, sudlanganlikni olib tashlanishi, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, belgilangan jarimalarni kamaytirilishi va bekor qilinishi hamda boshqa turdagi jami 98 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.
Xususan, 8 nafar shaxslarga nisbatan jazodan shartli ozod qilish bilan bog‘liq ish materiallar sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi, 98 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi, 2 nafar shaxslar ishga tiklandi, 3 nafar shaxsni aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi.
Xususan, qabullar davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining hukmiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan sudlangan Sardor Raximov o‘talmay qolgan 1 yil 11 oy axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari ozod qilindi. Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining hukmiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan sudlangan Zuxriddin Nurmatov o‘talmay qolgan 1 yil 4 oy axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari ozod qilindi.
Prokuratura organlari qabullari jarayonida 219 ta murojaatning 86 tasi ijobiy hal qilindi. Misol uchun, Yashnobod tumani prokurori amaliy yordami bilan dasturlovchi o‘quv kursini tamomlagan 2 nafar yoshlarga kelgusida o‘z biznes faoliyatini amalga oshirishlari uchun noutbuk va printer jamlanmalari sovg‘a qilindi.
Ish bilan ta’minlashni so‘rab murojaat qilgan 7 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi hamda 5 nafariga aliment qarzdorliklari undirilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Misol uchun, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro Zulayho Ataniyazova aliment pullarini undirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati qanoatlantirilib, unga 34 mln so‘m qarzdorlik to‘liq undirib berildi.
Qabullar jarayonida fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab kelayotgan hududlaridagi prokurorlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.
Ichki ishlar tizimi mutasaddilari qabullari jarayonida 236 murojaatning 101 tasi ijobiy hal etildi. Xususan, 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga dori-darmon olib berildi.
Shuningdek, Zulfiya A’zamovaning jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun qilgan murojdaati asosida, unga 36 600 000 so‘m moddiy yordam ajratildi.
Uch nafar fuqaroga xorijga chiqish pasportini muddatidan oldin berish maksalasi ijobiy hal qilindi.
Shuningdek, Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida yashovchi Ra’no Alimovaga yangi ID-karta olishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Sergeli tumanidan murojaat qilgan, 2 yildan beri pasport olomayotgan Baxodir Najmiddinov masalasi ham ijobiy xal etildi.
Mirobod tumanidagi “Tong Yulduzi” mahallasida istiqomat qiladigan Alfiya Farmonovaning muammosi o‘z yechimini topgan edi. Ular bu ommaviy qabulga bu safar murojaat asosida emas, aksincha, minnatdorlik bildirish maqsadida keldi.
Adliya organlariga murojaat qilgan, tug‘ilganlik guvohnomasini ololmayotgan 2005 yilda dunyoga kelgan Soyib Kozbekov va uning singlisi 2009 yilda tavallud topgan Saida Kozbekovalarga tug‘ilganlik guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.
Poytaxtimizda sud-huquq masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan 2 kunlik ommaviy qabullarda jami 934 ta murojaatning 389 tasi ijobiy hal qilindi, 93 ta murojaatga huquqiy tushuntirish va maslahat berilib, qolgan 462 tasi nazoratga olindi.
Respublika ishchi guruhi qabullari davom etmoqda.
Izoh qoldirish