Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi, deya xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Prezident bugun, 28 iyun kuni Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashadi. Shuningdek, mis ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi.
29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, davlat rahbari 30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi doirasida yoshlar bilan uchrashadi.
Sherzod Asadovning qo‘shimcha qilishicha, hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.
«Bu haqida qo‘shimcha tarzda batafsil ma’lumot beramiz», — deydi prezident matbuot kotibi.
Izoh qoldirish