Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Davlatimiz rahbari Xalq qabulxonalari va sayyor qabullar odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta ishonch uyg‘otganini ta’kidladi.

Masalan, 4 yil oldin valyuta ayriboshlash, propiska, pensiya va nafaqalarni naqd pulda olish masalalari bo‘yicha har oyda o‘rtacha 100 mingta murojaat tushgan. Bu sohalarda qulaylik yaratilib, muammolar hal etilgani tufayli ularga oid murojaatlar butunlay to‘xtagan.

Yoki O‘zbekiston fuqaroligini olish tartiblarining yengillashtirilgani sharofatidan 100 mingga yaqin oila ro‘shnolik ko‘rgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar